Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya kompaniyasi O‘zbekistondagi eng yirik IESni modernizatsiya qiladi
Yaqin to‘rt yil ichida Rossiyaning «Siloviye mashini» kompaniyasi O‘zbekistondagi eng yirik issiqlik elektr stansiyasi - Sirdaryo IESni modernizatsiya qiladi.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, loyihaning qiymati 187,3 million dollar. To‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirish, asosan, Rossiyaning Vneshekonombanki tomonidan 132 million dollarlik kredit hisobidan amalga oshiriladi. Qolgan mablag‘lar O‘zbekiston hukumati tomonidan ajratiladi.
Aniqlik kiritilishicha, stansiyaning oltita energobloki modernizatsiyasi ularning umumiy quvvatini 1,8 ming MVt.dan 1,95 ming MVt.gacha oshirish bilan uch bosqichda amalga oshiriladi va 2022 yilda yakunlanadi. Shartnoma qiymati 177,1 million dollarni tashkil etadi.
Sirdaryo IES 1981 yilda foydalanishga topshirilgan. Uning o‘rnatilgan quvvati bugungi kunda 3,2 MVt.ni tashkil etadi. Elektr energiyasining yillik ishlab chiqarish hajmi - 13 mlrd KVt.soatni yoki O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 30%dan ortig‘ini tashkil etadi.
Mavzuga oid
09:55
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
08:45
Sanksiyalar yumshatilishi Rossiya neft eksportiga turtki berdi
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
16:29 / 23.06.2026