Jahon | 00:21 / 11.10.2018
21878
1 daqiqa o‘qiladi

Sayyohlar uchun eng qimmat shahar ma'lum qilindi

Sayyohlar uchun dunyoning eng qimmat shaharlari reytingining 1-pog‘onasini Dubay egalladi. Bu shaharda sayyohlar o‘rtacha hisobda 537 dollar sarflaydilar. Bunday ma'lumotlarni Mastercard kompaniyasi o‘zining Global Destination Cities Index reytingida keltirgan.

2-o‘rinni Parij (301 dollar), 3-o‘rinni esa Singapur (286 dollar) egallagan. Beshtalikka  Seul (181 dollar) va Bangkok (173 dollar) ham kirgan.

Keyingi o‘rinlarni Tokio (154 dollar), London (153 dollar) va Nyu-York (147 dollar) egallagan.

Mastercard reytingni tuzishda 162 ta shaharda xorijliklar amalga oshirgan to‘lovlar haqidagi ma'lumotlardan foydalanadi.

Mavzuga oid