Sayyohlar uçun dunyoning eng qimmat şaharlari reytingining 1-poğonasini Dubay egalladi. Bu şaharda sayyohlar örtaça hisobda 537 dollar sarflaydilar. Bunday ma'lumotlarni Mastercard kompaniyasi özining Global Destination Cities Index reytingida keltirgan.
2-örinni Parij (301 dollar), 3-örinni esa Singapur (286 dollar) egallagan. Beştalikka Seul (181 dollar) va Bangkok (173 dollar) ham kirgan.
Keyingi örinlarni Tokio (154 dollar), London (153 dollar) va Nyu-York (147 dollar) egallagan.
Mastercard reytingni tuzişda 162 ta şaharda xorijliklar amalga oşirgan tölovlar haqidagi ma'lumotlardan foydalanadi.











