Prezidentning “Hududlarda turizm infratuzilmasini jadal rivojlantirish va sohada loyiha boshqaruvi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, “Jozibador manzil – loyiha – infratuzilma – tadbirkor – targ‘ibot – sayyoh” zanjiri bo‘yicha loyiha boshqaruvi asosida 34 ta turizm obektining master rejasi ishlab chiqiladi hamda 31 ta turizm obektining faoliyati tashkil etiladi hamda rivojlantiriladi.
2026 yil 1 sentabrdan Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda:
2030 yil 31 dekabrga qadar O‘zbekistonga turistlarni jalb qilish maqsadida xorijiy davlatlardan taklif etiladigan turoperatorlar vakillarining transport, yashash va ovqatlanish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi;
mahalliy turoperatorlarning mamlakatga xorijiy sayyohlar oqimini oshirishga qaratilgan xorijdagi targ‘ibot tadbirlari xarajatlarining 25 foizigacha, biroq 500 million so‘mdan oshmagan qismi qoplab beriladi;
xususiy tadbirkorlarning sayyohlar uchun madaniy-ommaviy va konsert-tomosha hamda madaniy tadbirlarni aniq belgilangan hudud va jadval asosida yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq xarajatlarini 1 yilgacha muayyan qismini moliyalashtirish tartibi joriy etiladi.
Bunda tadbirkorlar tomonidan ushbu tadbirlarni tashkil etishni bosqichma-bosqich o‘zi qoplash sharti bilan moliyalashtirish chegarasi Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi kengashi tomonidan belgilanadi.
turizm











