Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nurmagomedov va Makgregor o‘rtasidagi jang rekord o‘rnatdi
Foto: MMA Fighting
Xabib Nurmagomedov va Konor Makgregor o‘rtasidagi jang bosh voqeasi bo‘lgan UFC 229 musobaqasi pulli namoyishlar miqdori bo‘yicha tashkilot tarixidagi rekord qiymatdagisi bo‘ldi. Bu haqda MMAfighting portali ma'lum qildi.
7 oktabrga o‘tar kechasi Las-Vegasda o‘tgan musobaqada Nurmagomedov raqibi Makgregor ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi. Musobaqaning ahamiyati bo‘yicha 2-raqamli jangida amerikalik Toni Fergyuson hamyurti Entoni Pettisni mag‘lubiyatga uchratdi.
Ma'lum qilinishicha, musobaqaga 2,4 mln dollarlik translyatsiya sotilgan, bu esa UFC uchun rekord hisoblanadi. Bir namoyish narxi 90 dollar turadi. Tashkilotda bu borada o‘rnatilgan avvalgi rekord natija UFC 202 musobaqasida qayd qilingan bo‘lib, 1,5 mln dollarni tashkil qilgan. O‘sha musobaqaning bosh jangida Makgregor amerikalik Neyt Dias bilan jang qilgan.
Mavzuga oid
19:46 / 07.10.2025
Tramp Oq uy hududida UFC jangi o‘tkazilishini e’lon qildi
08:07 / 22.03.2025
Konor Makgregor Irlandiya prezidenti bo‘lish istagini bildirdi
18:13 / 12.01.2025
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
00:41 / 23.11.2024