Sport | 10:33 / 12.10.2018
4614
2 daqiqa o‘qiladi

O‘smirlar Olimpiadasi. Beshinchi kunda beshinchi medal

Foto: Anvar Ilyasov

Buenos-Ayresda o‘smirlar o‘rtasidagi Olimpiya o‘yinlari davom etmoqda. Musobaqaning beshinchi kunida O‘zbekiston delegatsiyasi 5-medalni qo‘lga kiritdi.

Musobaqada og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi o‘z ishtirokini muvaffaqiyatli boshladi.

-77 kg vazn toifasida dast ko‘tarish bahslarida qatnashgan Muhammadqodir Toshtemirov dast ko‘tarishda 140, siltab ko‘tarishda 168 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirdi va umumiy hisobda 308 kg natija bilan kumush medal sovrindori bo‘ldi. U 309 kg ko‘rsatkichga erishgan armanistonlik atletdan kichik farq bilan ortda qolib, oltin medalni boy berdi. Shohsupaning uchinchi pog‘onasidan 295 kg og‘irlikni zabt etgan misrlik sportchi joy oldi.

Foto: Anvar Ilyasov

Shu tariqa, hozirga kelib O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida 1 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallari mavjud.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar 7 oktabrda Ulug‘bek Rashitov (taekvondo, kumush), 8 oktabrda Nilufar Yermagambetova (dzyudo, bronza), 10 oktabr kuni Indira O‘lmasova (gimnastika, bronza) va Jayhunbek Nazarov (dzyudo, oltin) shohsupaga ko‘tarilgan edi.

Musobaqalar 18 oktabrda yakunlanadi.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid