O‘zbekiston | 08:51 / 12.10.2018
6090
5 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston o‘rmon xo‘jaligi sohasida innovatsion texnologiyalar joriy etiladi

Foto: KUN.UZ

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida o‘rmon xo‘jaligi sohasini yanada rivojlantirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligining:

O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti huzurida davlat muassasasi shaklidagi O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish innovatsiya markazini;

O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi muassisligida “O‘rmoninvest” davlat unitar korxonasini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi.

Quyidagilar Innovatsiya markazining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi:

respublika hududining tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, o‘rmon barpo etish, o‘rmon fondini har tomonlama kengaytirish, ularni muhofaza qilish va o‘rmon boyliklaridan oqilona foydalanishga doir tadbirlarni amalga oshirish uchun innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish;

manzarali, mevali va dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini barpo etish hamda ko‘chatxonalar tashkil etishning innovatsion usullarini ishlab chiqish;

yangi o‘simlik turlarini introduktsiya qilish va mahalliy tuproq-iqlim sharoitiga moslashtirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borish va ularni joriy etish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish;

o‘rmon fondi yerlarida sho‘rlanishga va suvsizlikka chidamli o‘simliklarni yetishtirishning ilmiy asoslangan innovatsion texnologiyasini yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini joriy etish;

ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga tizimli joriy etishni tashkil qilish;

yangi innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash va amaliyotga tatbiq etish takliflarini ishlab chiqish;

noqulay iqlim sharoitiga, zararkunanda va kasalliklarga chidamli o‘rmon o‘simliklarini introduktsiya qilish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;

noyob, manzarali, mevali va dorivor o‘simliklar turlarini jadal ko‘paytirish usullarini ishlab chiqish;

rivojlangan davlatlarning sohaga oid tajribalarini o‘rganish, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni va olimlarni hamkorlikda ilmiy- tadqiqotlar olib borish uchun jalb etish;

sohada faoliyat ko‘rsatayotgan ilmiy xodimlarning salohiyatini oshirish, ularning chet ellarda muntazam malaka oshirishini tashkil etish va iqtidorli yoshlarni jalb qilish;

xalqaro ilmiy va o‘quv seminarlar hamda anjumanlar tashkil etish.

Quyidagilar “O‘rmoninvest” DUKning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi:

o‘rmon xo‘jaliklarida ishlab chiqarish (mahsulotlar, xizmatlar) sifatini yaxshilash uchun xorijiy va mahalliy investorlarni jalb qilish va eksport potensialini oshirish;

ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlar imidjini oshirish va xizmatlar brendini yaratish va jahon bozorida ularning raqobatbardoshligini ta'minlash;

o‘rmon resurslaridan samarali foydalanish va ularni boshqarish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish va boshqarish;

sayyohlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida investorlarni ekoturizm, ov turizmi va o‘rmon xo‘jaligi rekreatsiya zonalarini rivojlantirish uchun jalb qilish;

qo‘shma korxonalar, savdo uylari, reklama agentliklari, shu jumladan chet elda ishlab chiqarishni tashkil etish;

yuqori likvidli va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish uchun tuzilmaviy qo‘shma korxonalar uchun zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini qo‘llash;

ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot (tovarlar) va ko‘rsatiladigan xizmatlarni realizatsiya qilish uchun marketing tadqiqotlari o‘tkazish va iste'mol bozorini o‘rganish, shu jumladan eksport qilish strategiyasini amalga oshirish;

o‘rmon xo‘jaligida innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

mahsulotlar (tovarlar) va xizmatlar uchun ichki tizim narxlarining monitoringi va ularning raqobatbardoshligi bo‘yicha takliflar tayyorlash;

taqdimot va konsepsiyalarni tayyorlash, o‘tkazish, potensial investorlar bilan uchrashuvlar tashkil etish, xalqaro fondlar va banklardan investitsiyalarni jalb qilish, loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun kreditlar va grantlar berish bo‘yicha muzokaralar olib borish.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid