Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda «Maykl» bo‘roni qurbonlari soni oshmoqda
Foto: The New York Times
Amerika Qo‘shma Shtatlarida «Maykl» bo‘roni oqibatida 16 kishi qurbon bo‘ldi, bu raqam ortishi mumkin. Bu haqda The New York Times rasmiylar ma'lumotiga asosan xabar bermoqda.
Amerikaning Florida shtati shimoli-g‘arbiy qismi va Virjiniya shtati bo‘rondan eng ko‘p jabr ko‘rdi. U ko‘plab uylarning vayron bo‘lishiga olib keldi, 1,5 million odam elektr energiyasiz qoldi.
Ayni damda qutqaruvchilar voqea joyida ishlamoqda. Gazetaning qayd etishicha, shtatdagi ko‘plab aholi punktlari qurbonlar haqida xabar bermagan. Biroq, qutqaruvchilar omon qolganlarni topishga umid qilayotgan bo‘lsa-da, qurbonlar soni ko‘payishi ehtimoldan xoli emas.
Mavzuga oid
09:01
Zelenskiy: AQShning Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari 100 foizga tayyor
01:00 / 25.01.2026
AQShda qor bo‘roni sababli 10 mingdan ortiq reys bekor qilindi
21:54 / 24.01.2026
AQSh Venesuelada qo‘llagan “sirli qurol” tafsilotlari ma’lum qilindi
13:18 / 24.01.2026