Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya saudiyalik amaldorlar sanksiya ro‘yxatini tayyorlamoqda
Foto: AP/Emrah Gurel
Britaniya Saudiya Arabistoni huquqni muhofaza qilish organlari va hukumat idoralari amaldorlarining sanksiya ro‘yxatini tayyorlamoqda, bu jurnalist Jamol Qoshiqchining yo‘qolib qolishi fonida yuz beryapti. Bu haqda Independent manbalarga asosan xabar qildi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Qoshiqchining yo‘qolishiga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslar ro‘yxati Britaniya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tayyorlanmoqda.
Vazirlikning o‘zi izoh berish haqidagi murojaatga, vazir Jyeremi Hantning so‘zlariga qo‘shimcha qiladigan hech narsa yo‘qligini bildirdi. Avvalroq, Britaniya tashqi ishlar vaziri agar Saudiya Arabistoniga nisbatan jurnalistning yo‘qolib qolgani bo‘yicha ayblovlar tasdiqlansa, bu jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin ekanini aytgandi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Jamol Qoshiqchi ishida Saudiya valiahd shahzodasiga aloqador yangi tafsilotlar ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
08:43 / 23.05.2026
Saudiya Arabistoni “mashinasiz shahar” qurishni jadallashtirmoqda
21:22 / 22.05.2026
Britaniyada TikTok va YouTube bolalar uchun xavfsiz emas deb topildi
23:07 / 20.05.2026
Britaniya radiostansiyasi qirol Charlz III vafoti haqida yanglishib e’lon qildi
08:40 / 20.05.2026