Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro tartib tom ma'noda barbod bo‘lmoqda – Erdo‘g‘an
Foto: Anadolu Agency
Milliardlab odamlar o‘z umidlarini bog‘laydigan xalqaro tartib tom ma'noda barbod bo‘lmoqda. Bunday fikrni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bildirdi.
“Yomon tartib tartibsizlikdan yaxshiroq degan fikr tartibsizlikni davom ettirmaslikka chorlaydi. Aksincha, u zudlik bilan o‘zgartirishlar amalga oshirish zarurligiga ishora qiladi. Turkiya BMTni, ayniqsa Xavfsizlik kengashini zudlik bilan isloh qilish zarurligini aytadi. “Dunyo beshdan kattaroqdir” (BMT Xavfsizlik kengashining 5 doimiy a'zosi: Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya va Xitoy nazarda tutilgan) fikri bilan ifodalangan chorlovimiz negizida adolatga talab yotadi”, deb aytgan Erdo‘g‘an.
Turkiya yetakchisi avvalroq Rossiya va Turkiya o‘rtasida Suriyaning Idlibidagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha erishilgan kelishuvlar muhimligini ta'kidlab o‘tgan. “Biz tomondan Idlibda erishilgan barqarorlik o‘n minglab odamlarni o‘limdan, millionlab odamlarni faqirlikdan saqlab qoldi”, deb ta'kidlab o‘tgan Erdo‘g‘an.
Mavzuga oid
15:58 / 11.02.2026
BMT Bosh assambleyasi rahbari Berbok BMT nizomiga amal qilishga chaqirdi
15:14 / 06.02.2026
BMTning inson huquqlari bo‘yicha komissari: “Biz - tirik qolish rejimidamiz”
22:43 / 30.01.2026
BMT «muqarrar moliyaviy inqiroz» xavfi ostida ekani ma’lum bo‘ldi
09:17 / 29.01.2026