Tramp Xeylining o‘rniga kimni tayinlamoqchi ekani ma'lum bo‘ldi
AQSh prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlarning Kanadadagi elchisi Kelli Kraft nomzodini mamlakatning BMTdagi doimiy vakili lavozimiga «juda jiddiylik» bilan ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.
Avvalroq, AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli tez orada iste'foga chiqishi haqida ma'lum qildi. Ko‘plab ommaviy axborot vositalari Amerika prezidenti Xeylining o‘rniga kimni tayinlashi haqida fikr yuritishdi.
WSJ ma'lumotlariga ko‘ra, hozirgi paytda eng yaxshi nomzod Kelli Kraftdir. Xususan, Tramp u bilan bir nechta uchrashuvlar ham o‘tkazdi. Bundan tashqari, gazetaning ta'kidlashicha, Oq uyda Kraftga katta hurmat bilan qarashadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShning BMTdagi doimiy vakili lavozimiga nomzodlar ma'lum qilingandi.
AQSh prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi sobiq o‘rinbosari Dina Pauell, Qo‘shma Shtatlar prezidentining qizi Ivanka Tramp va sobiq senator hamda demokrat Jo Liberman, Nikki Xeyli iste'fosidan so‘ng, AQShning BMTdagi doimiy vakili lavozimiga nomzodlar ro‘yxatiga kiritildi. Bunday o‘ziga xos ro‘yxat CBS News telekanali tomonidan tuzilgan.
Mavzuga oid
17:39 / 07.11.2024
BMT Markaziy Osiyoda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar soni kamayganini qayd etdi
17:00 / 05.11.2024
O‘tgan yuz yilda sunami 260 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi - BMT
14:10 / 05.11.2024
BMT: RF va KXDR o‘rtasidagi hamkorlik «xavfli eskalatsiya»ga olib keladi
13:50 / 05.11.2024