O‘zbekiston | 18:24 / 13.10.2018
52107
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston aholisi soni 33 milliondan oshdi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisi soni 2018 yil 1 oktabr holatiga 33085,2 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 428,5 ming kishiga yoki 1,3 %ga o‘sgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi. 

Jumladan, shahar aholisi soni 16728,2 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 50,6%), qishloq aholisi soni 16357,0 ming kishini (49,4%) tashkil etdi.

Respublika hududlari kesimida tahlillar shuni ko‘rsatdiki, 2018 yil 1 oktabr holatiga eng ko‘p aholi soni Samarqand viloyatida 3777,8 ming kishini (respublika aholisi sonidagi ulushi 11,4%ni) va Farg‘ona viloyatida 3665,6 ming kishini (11,1%), aksincha eng kam aholi soni Sirdaryo viloyatida 825,8 ming kishini (2,5%) va Navoiy viloyatida 969,7 ming kishini (2,9%) tashkil etdi.

Hududlar kesimida aholining eng yuqori o‘sish sur'ati 2017 yilning mos davriga nisbatan Surxondaryo viloyatida 2,2%ni, Samarqand viloyatida 2,1%ni, Qashqadaryo viloyatida 2,0%ni, Jizzax va Namangan viloyatlarida 1,9%ni va Toshkent shahrida 1,8%ni, aksincha eng kam o‘sish sur'ati Toshkent viloyatida 1,2%ni va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1,4%ni tashkil etdi.

Mavzuga oid