Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston-Rossiya aloqalari yangi bosqichi: "SKOLKOVO" prezidenti O‘zbekistonga keldi
RF prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga tashrifi oldidan Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Moskvadagi "SKOLKOVO" biznes maktabi delegatsiyasi bilan uchrashdi. Bu haqida uning Facebook sahifasida ma'lum qilindi.
"SKOLKOVO" prezidenti Andrey Sharonov O‘zbekiston va Rossiya biznes aloqalarining faollashuvi muhimligini ta'kidladi. Ikki mamlakatning savdo-sotiq, neft-gaz sektori, atom energetikasi, moliyaviy-bank sektori, ta'lim va boshqa soahalardagi hamkorlik istiqbollari yuqori baholandi. Shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya biznes doiralari aloqalarining mustahkamlanishi kompaniyalarning xalqaro darajaga ko‘tarilishiga yordam berishiga umid bildirildi.
Mazkur uchrashuvga qadar u O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov nomiga O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi biznes aloqalarni faollashtirishga oid rasmiy xat yo‘llagan.
Ma'lumot uchun: Moskva shahrida joylashgan "SKOLKOVO" xususiy biznes maktabiga 2006 yilda asos solingan. Uning Vasiylik kengashini RF Bosh vaziri Dmitriy Medvedev boshqaradi. SKOLKOVO RF va MDHdagi eng yirik xususiy biznes maktabi bo‘lib, biznes hamjamiyatiga ta'lim dasturlarini amalga oshirish orqali o‘zgarishlarga moslashishda samarali ko‘mak berib keladi. Uning ta'lim dasturlari biznesning barcha bosqichlari - startapdan to xalqaro bozorlarga chiquvchi yirik korporatsiyagacha bo‘lgan rivojlantirish dasturlarini o‘z ichiga oladi. Dasturlar nazariy bloklar, amaliy topshiriqlar, loyiha ishlari hamda xalqaro modullarni o‘zida jamlagan. O‘zbekistonning qator ishbilarmonlari ushbu biznes maktabda ta'lim olib, o‘z bilimlarini boyitib kelishgan.
Mavzuga oid
19:10 / 21.02.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston temiryo‘l tashuvlari hajmini oshiradi
16:18 / 21.02.2026
Xitoy dronlarni Rossiyaga Tailand orqali yetkazib berishni boshladi
14:13 / 21.02.2026
Odessada RF dronlari turar joylar va o‘quv muassasasiga zarar yetkazdi
13:36 / 21.02.2026