Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MAK Toshkentdan Dushanbega reyslar sonini ikki baravar oshiradi
«O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasi qishki jadvalga o‘tmoqda va Toshkentdan Dushanbega hamda teskari yo‘nalishda parvozlar 29 oktabrdan yangi reja asosida amalga oshiriladi: haftada ikki marta, dushanba va payshanba kunlari.
Har dushanba kuni O‘zbekistonning A320 avialayneri Toshkentdan 21:00da jo‘nab ketadi va Dushanbega 21:40da yetib keladi, o‘sha kuni Dushanbeda soat 23:15da uchib ketadi va Toshkentga soat 23:55da keladi. Bu haqda «AP»ga «O‘zbekiston havo yo‘llari»ning Tojikistondagi vakili Orif Ro‘zimurodov xabar berdi.
«Payshanba kunlari samolyot Toshkentdan soat 01:00da jo‘nab ketadi va Dushanbe shahriga 01:40da yetib boradi, Dushanbedan ertalab soat to‘rtda Toshkentga yo‘l oladi», - deya ta'kidlab o‘tdi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, parvoz jadvallarini o‘zgartirish AQSh, Yevropa, Janubi-Sharqiy Osiyo, MDH davlatlariga Toshkent orqali parvoz qiluvchi tojikistonlik tranzit yo‘lovchilarga qulaylik yaratish bilan bog‘liq.
O‘tgan yilning aprel oyida Toshkent-Dushanbe-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarini bajara boshlagan «O‘zbekiston havo yo‘llari» haftasiga bir marta, seshanba kunlari reysni amalga oshiradi.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026