Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyati hokimiga hayfsan berildi, viloyat IIB boshlig‘i ishdan olindi
14 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida bo‘lib o‘tgan selektor davomida Toshkent viloyati hokimi G‘ulomjon Inomovich Ibragimovga hayfsan berilgan. Bu haqda «Kun.uz» manbasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, viloyat rahbari 2018 yilgi paxta hosilini yig‘ib-terib olish ishlarini o‘ta sust tashkil etgani va mas'uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygani uchun ogohlantirilgan.
Shuningdek, yig‘ilish vaqtida Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Abdumalik Abduqodirovich Allamurodov ishdan olingan. U shu yilning yanvaridan buyon viloyat IIB boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.
Foto: IIB matbuot xizmati
G‘ulomjon Ibragimov viloyat rahbari lavozimida 2017 yilning oktabrida paxta hosilini qo‘shib yozgani uchun ishdan olingan Shukrullo Boboyev o‘rnida ish boshlagandi. U 2018 yilning yanvarida Toshkent viloyati hokimi lavozimiga rasman tayinlangan.
Bundan avvalroq Shavkat Mirziyoyevning 12 oktabr kungi tashrifidan keyin Toshkent viloyatining 5 ta tumani hokimlari maoshdan mahrum qilingani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
01:25 / 07.11.2025
AQSh O‘zbekistonga paxta yetkazib beradi
18:49 / 25.09.2025
Paxta mavsumida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan uch mansabdor jazolandi
14:15 / 11.09.2025
Paxta va don qabul qilish tartibi belgilandi
11:09 / 08.09.2025