Jahon | 22:49 / 15.10.2018
6959
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp saudiyalik jurnalist o‘ldirilgan bo‘lishi mumkinligini aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchi yo‘qolishining tergov qilinishi masalasida oxirigacha bormoqchiligini ma'lum qildi.

Tramp 15 oktabrda Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bilan telefon orqali muloqotda Qoshiqchining Istanbulda yo‘qolishi mavzusini muhokama qilganini aytib o‘tgan. Tramning ta'kidlashicha, Saudiya Arabistoni podshohi jurnalistning taqdiri haqida hech qanday ma'lumotga ega emasligini aytgan. 

AQSh rahbarining ma'lum qilishicha, u davlat kotibi Maykl Pompeoga bir soat ichida samolyotga o‘tirib, Saudiya Arabistoniga jo‘nashni buyurgan, u zarurat bo‘lsa, Turkiyaga ham tashrif buyuradi. 

“Podshoh Qoshiqchining taqdiri haqida ma'lumotga ega emasligini aytdi. Menga Qoshiqchining qotillari biror muttahamlar bo‘lishi ham mumkindek tuyulmoqda. Kim bilsin? Nima bo‘lishidan qat'i nazar, AQSh buni tergov qilishda oxirigacha bormoqchi”, deb aytgan Tramp.

AQShning Washington Post nashri uchun maqolalar yozuvchi jurnalist Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligiga tashrif buyurgach, izsiz yo‘qolib qolgan. Turkiya politsiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, Qoshiqchi 2 oktabrda mahalliy vaqt bilan soat 13:12 da Saudiya Arabistoni konsulligi binosiga kirib ketib, konsullikdan qaytib chiqmagan.    

Mavzuga oid