
22 iyun kuni Anqaradagi prezident uyida Saudiya şahzodasini quçoq oçib kutib olgan Erdöğan u bilan yopiq eşiklar ortida ikki soatdan köproq gaplaşgan. Muzokaralar yakuniga köra, ikki taraf Saudiya Arabistoni va Turkiya aloqalari yangi bosqiçga kötarilganini ta’kidlagan.
De-fakto qirollikni boşqarayotgan şahzoda MBS (Muhammad bin Salmon) Saudiyaning ulkan boyliklari va neft zaxiralariga tayanib mamlakatdagi inson huquqlari tomon yönaltirilayotgan tanqidlarni yumşatişga harakat qilayotgan bölsa, Erdöğan 2023 yilda bölişi kutilayotgan prezidentlik saylovlariga qadar Turkiyadagi iqtisodiy ahvolni yaxşilaş uçun moliyaviy kömak qidirmoqda.
Turkiya va Saudiya munosabatlari bir neça yil oldin sovuqlaşgandi.
2018 yil 2 oktyabr kuni Washington Post gazetasi şarhlovçisi Jamol Qoşiqçi Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulxonasiga kirganidan söng yöqolib qolgandi. Keyinroq, jurnalist podşohlikning diplomatik vakolatxonasida öldirilgani ma’lum böldi hamda bu yirik diplomatik mojaroga aylanib ketdi.

Erdöğan qotillik Saudiyaning yuqori darajadagi mulozimlari buyurtmasi ekanini aytgan, podşohlik oilasi buni rad qilib keladi. Şundan söng ikki davlat örtasidagi aloqalarga sovuqçilik tuşgandi.
2022 yil aprel oyiga kelib Turkiya tomoni jinoyat işini tergov qilişni töxtatdi va hujjatlarni Saudiyaga topşirdi. Bu esa öz navbatida aloqalarni qayta tiklaş yölidagi «muhim qadam» böldi.
Oğir iqtisodiy holatni boşdan keçirayotgan Turkiyaga yangi investitsiyalar va yangi savdo hamkorlari kerak, Erdöğan va uning partiyasini oldinda, 2023 yilda - saylovlar kutmoqda. Şu tufayli Erdöğan mintaqadagi avvalroq bahslaşib qolgan barça qöşnilari bilan aloqalarni yaxşilamoqda - Saudiya Arabistoni, Isroil, Birlaşgan Arab Amirliklari, Misr.
Aprel oyida Erdöğan Saudiyaga borgan va u yerda barçaning köz oldida şahzodani quçoqlab, ularning mamlakatlari «hamkorlikning yangi davri»ga kirayotganini e’lon qilgandi.









