Jamiyat | 12:25 / 15.10.2018
11625
1 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekenergo” Markaziy apparati xodimlari paxta terimchilariga yordamga chiqdi

O‘zbekistonda paxta yig‘im-terim mavsumi davom etmoqda. Shanba, yakshanba kunlari turli vazirlik, idora va muassasalar xodimlari ham ishdan bo‘sh vaqtda paxta terimiga chiqib, terimda ishtirok etishmoqda. “O‘zbekenergo” AJ Markaziy apparati rahbar xodimlari ham Toshkent viloyati hududidagi dalalarga paxta terish uchun chiqishmoqda. Bu haqida KUN.UZ’ga jamiyatning Matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Foto: O‘zbekenergo Matbuot xizmati

Viloyatning Qo‘yi Chirchiq tumanida joylashgan “Nur Sulton Nur” fermer xo‘jaligidagi paxta terimida jamiyatning 300ga yaqin ko‘ngilli xodimi ishtirok etdi.

Foto: O‘zbekenergo Matbuot xizmati

“Maqsad — zahmatkash bobodehqonlarimiz yil davomida mashaqqat bilan yetishtirgan hosilni nobud qilmasdan yig‘ib-terib olish va yurtimizning ulkan xirmoniga oz bo‘lsa-da hissa qo‘shish”, deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid