Nizom Qişloq xöjaligi vazirligining Agrotarozi, Hosil qabuli va AgroDocs axborot tizimlari orqali paxta va don qabul qiliş hamda uning elektron hisobini yuritiş tartibini belgilaydi.
Foydalanuvçi internet axborot tarmoğidagi rasmiy veb-sayt orqali Agrotarozi va Hosil qabuli AT imkoniyatlaridan foydalaniş uçun röyxatdan ötadi.
Foydalanuvçilar Agrotarozi ATdan röyxatdan ötişda axborot tizimidan foydalaniş şartlarini qabul qiliş böyiça elektron şaklda şartnoma imzolaydi.
Paxta va don tovar-transport yuk xati asosida qabul qilinadi.
Xöjaliklar bitta yuk xati bilan barça sifat körsatkiçlari bir xil bölgan paxta va donni topşiriş uçun yuborişlari kerak, ya’ni:
🔹 bitta seleksiya, sanoat navi va sinfiga oid;
🔹 avlodi va dala guruhi bir xil uruğlik paxta va don.
Paxta qabul qiliş kuni soat 24:00 da yakunlanadi va kunlik hisobotlar fizik vaznda yuritiladi.








