Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani hokimining xotin-qizlar böyiça örinbosari Dilfuza Toşmatova tomonidan mahallalardagi faollar paxta terimiga majburlanmoqda. Bu haqda Kun.uz’ga video va audiomateriallar kelib tuşdi. Hokim örinbosari faollarni “vijdonsizlar” deb atagan.
Dilfuza Toşmatova har bir faol 5 nafardan odam olib çiqişi zarurligini, 150 nafar odam dalani “yamlamay yutişi kerakligini” bildirgan.
“Nima hurmatingni qilsa özingdan ketasanlar? Qani munosabat bildirganing? Kelayotganlar, hammang tez-tez böl, xabaringni ber. Men hozir röyxat qilişim kerak. Tuşlikkaça neça kişi, qança kilo teramiz, hozir hisob-kitob olinyapti.
Hokimning özi ham kelyapti hozir maxsus. Xotin-qizlar dalasi öşa. Alijonga boryapmiz. Öşa fermerdan teramiz. Hozir ertangini ham taşkillaştiryapti. Yöqlama menda böladi. Bahona, öyin qilmanglar.
Norma beştadan odam. Ertaga 150 nafar odam dalani yamlamay yutişi kerak. Mana bu fermer qoçişi kerak bizdan. Kerakmas, boşqa kelmasin, deb yiğlaşi kerak. Bu narsaga erişiş uçun odam köpaytiriş kerak”, degan hokim örinbosari.
Şuningdek, Dilfuza Toşmatova paxta dalasida turib, faollarni vijdonsiz deb atagan.
“Ertaroq kelib normangni qilsanglar ertaroq ketamiz hammamiz. Nima hali ham heç kim yöq?! Ayolmisan-yöqmi, noinsof? Vijdonsiz! Kelsang kel, mana bu yoqqa tez-tez, işlaging kelmasa, yöqol, ket”, degan u.
Hokim örinbosari ariza yozib ketadiganlar “donolik qilmasdan” ketaverişi mumkinligini, olib ötirmasligini aytgan va agar bunaqa qila olişmasa “işni qilişni” talab qilgan.
Ma’lumot uçun, Dilfuza Toşmatova 2022 yildan buyon Sariosiyo tumani hokimi örinbosari – oila va xotin-qizlar bölimi lavozimida işlab keladi.
«Oq oltin» balosi: Özbekistonda paxta qulligi tarixi, oqibatlar va bugungi kun haqida

















