Huawei yangi Mate 20 Pro smartfonini taqdim qildi
Xitoyning Huawei kompaniyasi yangi Mate 20 Pro smartfonini taqdim qildi.
Smartfonning asosiy kamerasi 40 Mpli, 20 Mpli va 8 Mpli uchta kameradan iborat. Qurilmada suv ostida suratga olish imkoni mavjud. Old kamera 24 Mpli bo‘lib, yuzni tanish va taomning kaloriyasini aniqlash funksiyasiga ega.
Smartfon tez quvvatlanishni qo‘llab-quvvatlaydi: yarim soat ichida qurilmani 70 foizga quvvatlash mumkin. Akkumulyatori sig‘imi 4200 mA-soat. Shuningdek, qurilma simsiz quvvatlashni ham qo‘llab-quvvatlaydi.
E'tiborlisi, smartfonning ustiga boshqa smartfon qo‘yilsa, u quvvatlagich funksiyasini bajarishi mumkin.
Yangi smartfon korpusi chang va namdan himoyaga ega. Qurilmada barmoqlar izlari skaneri ekranda joylashtirilgan.
Smartfonning qolgan ko‘rsatkichlari quyidagicha: 6,4 dyuymli 1440x3120 pikselli AMOLED-displey, Kirin 980 protsessori, 4 Gbdan 8 Gbgacha tezkor xotira, 128 Gbdan 512 Gbgacha ichki xotira.
Mate 20 Pro’ning bazaviy versiyasi (4 Gb tezkor xotira va 128 Gb ichki xotiraga ega) narxi 799 yevrodan boshlanadi. Smartfonning qimmatbaho versiyasi Mate 20RS ham taqdim qilingan. U 8 Gb tezkor xotira, 256 yoki 512 Gb ichki xotiraga ega bo‘lib, mos ravishda 1695 va 2095 yevro turadi.
Smartfonning yana bir varianti Mate 20X bo‘lib, u o‘yinlar uchun mo‘ljallangan. Qurilma sig‘imi 5000 mA-soatni tashkil qiladigan kuchli batareyaga egaligi bilan ajralib turadi.
Mavzuga oid
00:06 / 03.11.2024
Time jurnali 2024 yilning eng ahamiyatli ixtirolari ro‘yxatini e’lon qildi
21:12 / 10.09.2024
Huawei dunyodagi birinchi uchta ekranli, buklanadigan smartfonni taqdim qildi
18:53 / 31.10.2023
Huawei kompaniyasi yangi WATCH GT 4 seriyasidagi aqlli soatlari sotuvga chiqdi
12:58 / 14.10.2023