Jahon | 08:14 / 16.10.2018
12301
1 daqiqa o‘qiladi

Microsoft asoschilaridan biri vafot etdi

Foto: Getty Images

Microsoft korporatsiyasining hamasoschisi Pol Allen 65 yoshida vafot etdi, deya xabar beradi CNBC telekanali uning oilasiga tayangan holda.

Ta'kidlanishicha, Allen saraton kasalligidan vafot etgan.

Avvalroq, u Noxodjkin limfoma (NXL) kasalligidan davolanayotgani xabar qilingandi. Qayd etilishicha, 2009 yilda Allen kasallikning rivojlanib ketishi oldini olishga muvaffaq bo‘lgan.

Microsoft hamasoschisining singlisi Judi Allen so‘zlariga ko‘ra, akasi «eng ajoyib inson» bo‘lgan, uni butun dunyoda IT-ishlab chiquvchi va xayr-ehsonchi sifatida tanishgan.

Ma'lumot uchun, 1975 yilda Bill Geyts va Allen Albukerke shaharchasida Micro-soft kompaniyasiga asos solishgan. 1976 yilda Nyu-Mexiko shtatining okrug kotibiyatida yangi savdo belgisi ro‘yxatga olingan - Microsoft.

Forbes jurnalining 2015 yilgi ma'lumotlariga ko‘ra, Allen dunyodagi eng boy odamlar ro‘yxatida 51-o‘rinni egallagan. Uning boyligi 17,5 milliard dollarga baholangan.

Mavzuga oid