Microsoft korporatsiyasining asosçilaridan biri Pol Allenning ma'lum qilişiça, nexojkin limfoma (NXL) kasalligidan davolanmoqda. Bu haqda Reuters amerikalik işbilarmonning bayonotiga asosan xabar berdi.
Şuningdek, bayonotda aytilişiça, u 2009 yilda ham NXLdan davolangan va öşanda bu jarayon muvaffaqiyatli yakun topgan.
1975 yilda Bill Geyts va Allen Albukerke şaharçasida Micro-soft kompaniyasiga asos solişgan. 1976 yilda Nyu-Mexiko ştatining okrug kotibiyatida yangi savdo belgisi röyxatga olingan - Microsoft.
Forbes jurnalining 2015 yilgi ma'lumotlariga köra, Allen dunyodagi eng boy odamlar röyxatida 51-örinni egallagan. Uning boyligi 17,5 milliard dollarga baholangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Bill Geyts 171 mln dollarni yer maydonlariga sarflagani xabar qilingandi.

















