Microsoft korporatsiyasining hamasosçisi Pol Allen 65 yoşida vafot etdi, deya xabar beradi CNBC telekanali uning oilasiga tayangan holda.
Ta'kidlanişiça, Allen saraton kasalligidan vafot etgan.
Avvalroq, u Noxodjkin limfoma (NXL) kasalligidan davolanayotgani xabar qilingandi. Qayd etilişiça, 2009 yilda Allen kasallikning rivojlanib ketişi oldini olişga muvaffaq bölgan.
Microsoft hamasosçisining singlisi Judi Allen sözlariga köra, akasi «eng ajoyib inson» bölgan, uni butun dunyoda IT-işlab çiquvçi va xayr-ehsonçi sifatida tanişgan.
Ma'lumot uçun, 1975 yilda Bill Geyts va Allen Albukerke şaharçasida Micro-soft kompaniyasiga asos solişgan. 1976 yilda Nyu-Mexiko ştatining okrug kotibiyatida yangi savdo belgisi röyxatga olingan - Microsoft.
Forbes jurnalining 2015 yilgi ma'lumotlariga köra, Allen dunyodagi eng boy odamlar röyxatida 51-örinni egallagan. Uning boyligi 17,5 milliard dollarga baholangan.

















