Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putinning O‘zbekistonga tashrifi vaqtida Afg‘onistondagi vaziyat muhokama qilinadi
18 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keladi.
Davlat rahbarlari muntazamlik kasb etgan siyosiy muloqotning davomi sifatida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik holati yuzasidan fikr almashadi. Strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish, turli sohalarda yangi qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilinadi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tashrif kun tartibidan dolzarb xalqaro masalalar, jumladan, mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash, Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish jarayoniga ko‘maklashish masalalari ham o‘rin olgan.
Rossiya Federatsiyasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida ilk bor Ta'lim forumi va «O‘zbekiston-Rossiya» hududlararo hamkorlik forumi o‘tkaziladi, shuningdek, mamlakatimizda atom elektr stansiyasi qurilishining boshlanishiga bag‘ishlangan marosim ham o‘tkaziladi.
Oliy darajadagi muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonotini qabul qilish, 2019-2024 yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik dasturi, 2019-2021 yillarda madaniy-gumanitar sohada hamkorlik dasturi, O‘zbekistonda Rossiyaning yetakchi oliy ta'lim muassasalarining filiallarini tashkil etish va faoliyatini ta'minlash to‘g‘risidagi kelishuv, «Suffa» xalqaro radioastronomik observatoriyasini tashkil etish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» va boshqa muhim ikki tomonlama hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan.
Tashrif davomida, shuningdek, O‘zbekiston bilan Rossiya hududlari va ishbilarmon doiralari o‘rtasida yirik investitsiya va savdo shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
19:04
«Zarar bor» – Putin Ukraina hujumlari, benzin taqchilligi va Ankorij kelishuvi haqida
18:39
«O‘zlariga qaytayotgan urush realligi» – Rossiya yana dronlar hujumiga uchradi
09:55 / 24.06.2026
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
21:15 / 23.06.2026