Iqtisodiyot | 10:34 / 16.10.2018
10848
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Qozog‘iston banklarining imkoniyatlari qanday?

Foto: Jurnal Plas

Bugungi kunda O‘zbekistonda 28ta tijorat banki faoliyat ko‘rsatmoqda. Ikkinchi darajali banklarning jami aktivlari - 194,6 trln so‘m yoki joriy kurs bo‘yicha 24,1 mlrd dollar. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 2017 yilda 249,1 trln so‘mni - 30,7 mlrd dollarni tashkil etdi.

Halyk O‘zbekistonda filial ochish niyatida ekanini ma'lum qilgan birinchi Qozog‘iston banki bo‘ldi. Toshkent shahrida moliyaviy tashkilotning sho‘'basi - Tenge Bank faoliyat ko‘rsatadi.

«Ta'kidlab o‘tish joizki, Xalq banki Rossiya, Qirg‘iziston, Gruziya va Tojikistonda sho‘'balarga ega. O‘zbekiston bozoriga kirish bank uchun rivojlanish strategiyasining mantiqiy davomi bo‘ladi. Shu bilan birga, O‘zbekiston bank bozori garchi o‘sish uchun salohiyatga ega bo‘lsa-da, biroq shaffof emas va O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan bank sektorini tartibga solishning yondashuvlarida keyingi o‘zgarishlar borasida noaniqlik saqlanib qolmoqda», - dedi Qozog‘iston Moliyachilar assotsiatsiyasi tahlil markazi eksperti Merey Isabekov «Kursiv» nashriga bergan intervyusida.

Bugungi kunda O‘zbekistonda faqat beshta bank xorijiy kapital ishtirokida ishlamoqda: «Savdogar», Hamkorbank, Ziraat Bank Uzbekistan, Eronning «Saderat» va KDB Bank Uzbekistan.

«Men bu bozorga kirgan davlatlar va investorlar darhol katta daromadga ega bo‘ladi, deb ayta olmayman. Biroq, o‘rta muddatli istiqbolda mamlakat bank sektorida bir necha banklar xususiylashtirilishi mumkin. Bu, ehtimol, MDH hududidagi qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan oxirgi bank sektoridir. Boshqa mamlakatlarda vaziyat aniq. O‘zbekiston bu ma'noda tushunarsiz», - dedi Moody’s Investors Service’ning Rossiya va MDH mamlakatlari bo‘yicha bank guruhi rahbari Yaroslav Sovgira.

Moody’s hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekistonda bank aktivlarining sifati yaxshi bo‘lib qolmoqda: iqtisodiy o‘sish, pasayayotgan inflyatsiya va kreditlashning teng o‘sishi (2018 yilda 30-40 foiz) hisobiga muammoli kreditlarning ulushi avvalgi darajada saqlanib qoladi.

Banklarning daromadliligi va kapital yetarliligi aniq foiz marjasining pasayishi va aktivlarning jadal o‘sishi hisobiga asta-sekin kamayadi.

«Ehtimol, MDH mamlakatlarining yirik banklari uchun O‘zbekistonga kirish mumkindir. Biroq, bu qadamni ulardan eng kuchlilari, ambitsiyalarga ega bo‘lganlari qo‘yadi. Qozog‘iston bozori nisbatan tor, sababi chunki yaxshi qarzdorlar soni juda kam. Aftidan, mahalliy bozorda siqilib qolayotgan eng yirik va qudratli banklar O‘zbekistonga kirish imkoniga ega», - deya ta'kidlab o‘tdi Yaroslav Sovgira.

Klassik ma'noda O‘zbekiston bank sektori rivojlanishning dastlabki bosqichida turibdi. Bozorda muayyan turdagi moliyaviy xizmatlar umuman yo‘q yoki endi joriy qilinmoqda.

Mavzuga oid