Eron AQShning sanksiyalar kiritish odati nazorat ostidan chiqib ketganini aytdi
Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif AQShning sanksiyalar kiritish odati nazorat ostidan chiqib ketganini aytdi. U shu tariqa tvitterdagi sahifasida Vashington tomonidan kiritilgan yangi sanksiyalarga izoh bergan.
“AQShning sanksiyalarni kiritish odati nazorat ostidan chiqdi. Sanktsiyalar kiritilgan tuzilmalar orasiga oziq-ovqat va dori-darmon importi uchun o‘ta muhim bo‘lgan xususiy bank ham tushgan”, deb aytgan Zarif.
Zarif, shuningdek, AQSh Eron kompaniyalariga sanksiyalar kiritib huquqning ustuvorligi tamoyilini buzayotgani va butun bir xalqqa nisbatan inson huquqlarini pisand qilmaslikni namoyish qilayotganini aytgan.
“AQShning oxirgi ikki sanksiyasi xalqaro sud qarorlarini buzadi: gumanitar yetkazmalarga qarshilik qilmaslik va ziddiyatlarni chuqurlashtirmaslik. Bu AQSh hukumatining eronliklarga qarshi jinoiy dushmanligidir”, deb qo‘shimcha qilgan eronlik vazir.
Avvalroq AQSh Eronning Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tarkibiga kiruvchi “Basij” qo‘shinini moliyaviy qo‘llab-quvvatlayotgan tuzilmalarga qarshi sanksiyalar kiritdi. Sanktsiyalar ro‘yxatiga bosh qarorgohi Eronda joylashgan 20 ta tashkilot, jumladan investitsiya kompaniyalari, moliyaviy guruhlar, rux olish va po‘lat quyish korxonalari, banklar va kooperativ jamg‘arma tushgan.
Mavzuga oid
09:15
AQSh Suriyada eronparast guruhlar obektlariga zarba berdi
16:42 / 11.11.2024
Kreml Putin va Tramp telefonda suhbatlashganini rad qildi
14:42 / 11.11.2024
Amerikaning kruiz kompaniyasi Tramp siyosatidan qochishni istaganlar uchun dunyo bo‘ylab 4 yillik sayohat taklif qilmoqda
13:30 / 10.11.2024