Jamiyat | 13:03 / 19.10.2018
10179
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda er-xotin janjali pichoqbozlik bilan yakunlandi

Buxoro shahrida 8 oktabr kuni pichoqbozlik yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, ushbu shaharning K.Murtazoyev ko‘chasida yashovchi Z.N. uyida oilaviy janjal oqibatida turmush o‘rtog‘i O.M. (ayol)ning o‘ng qo‘l qo‘ltiq qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan. 

Natijada O.M. kasalxonaga yotqizilgan. Z.N. ushlangan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid