Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev Toshkentda «G‘alaba» majmuasi bunyod etilishini bildirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya O‘zbekiston uchun eng yaqin savdo hamkorlaridan biri ekani, savdo hajmi muntazam oshib borayotganini ta'kidladi, deb yozmoqda O‘zA.
Shu bilan birga, davlat rahbari mamlakatlar hududlari o‘rtasida o‘rnatilayotgan hamkorlikni yuqori baholadi.
“Xavfsizlik masalasi ham har doim diqqatimiz markazida bo‘ladi, – dedi prezident. – Ayniqsa, terrorizm, diniy ekstremizm singari illatlarga qarshi kurashishda ham o‘zaro hamkorlik katta samara beradi”.
Shu bilan birga, O‘zbekistonda Rossiyaning bir qator oliy o‘quv yurtlari filiallari ochilayotgani ta'lim sohasidagi hamkorlikning yangi bosqichga ko‘tarilganidan darak beradi.
Davlat rahbari 2020 yilda Toshkent shahrida Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan “G‘alaba” majmuasi bunyod etilishini bildirdi.
Shuningdek, prezident O‘zbekistonda Rossiya adabiyoti vakillarining yuz jildlik asarlar to‘plami chop etilishini ta'kidladi.
Mavzuga oid
23:17 / 23.05.2026
AQShning Kiyevdagi elchixonasi Ukrainaga keng ko‘lamli hujum bo‘lishi haqida ogohlantirdi
14:50 / 23.05.2026
Narkotuzoq, urush va tirik qolish uchun kurash – Luhansk va Donetskdan qaytgan ikki yigit hikoyasi
09:58 / 23.05.2026
Rossiya bozorida arman mahsulotlariga taqiqlar kuchaymoqda
23:05 / 22.05.2026