Jahon | 08:56 / 19.10.2018
19768
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Turkiyada Jamol Qoshiqchining jasad qoldiqlari qidirilmoqda

Foto: REUTERS/Murad Sezer

Turkiya politsiyasi saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchining jasad qoldiqlarini qidirmoqda, u o‘z davlatining Turkiyadagi elchixonasiga tashrif buyurganidan so‘ng yo‘qolib qolgandi. 

Reuters’ning Turkiya hukumatidagi ikki manbaga asosan xabar berishicha, qidiruv ishlari Istanbul chekkasidagi o‘rmonlar va Marmar dengizining sohillarida amalga oshirilmoqda. 

Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, tergovchilar Saudiyaning Turkiyadagi elchixonasi va Saudiya Arabistoni bosh konsulining qarorgohidagi tintuvlar vaqtida «ko‘plab namunalar»ni to‘plashgan. Xabar qilinishicha, ular hozirda Qoshiqchi DNK izlarini topish maqsadida tekshirilmoqda.

Saudiya Arabistoni Turkiyadagi rasmiylarning Qoshiqchi elchixonada o‘ldirilgani, so‘ng jasadi bo‘laklab tashlangani haqidagi iddaolarini rad etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya valiahd shahzodasi jurnalistning o‘limiga aloqadorligi bo‘yicha dalillar ma'lum qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid