Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya O‘zbekistonga energetika bo‘yicha taklif bilan chiqdi
Rossiya prezidenti O‘zbekistonga Markaziy Osiyoda energetik halqa yaratish bo‘yicha taklif berdi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston-Rossiya muzokaralari yakuni bo‘yicha jurnalistlarga xabar qilgan.
«O‘zbekistonlik hamkorlarga mintaqa davlatlarining energetika tizimlarini birlashtiradigan Markaziy Osiyo energetik halqasini shakllantirish bo‘yicha aniq takliflar berildi», - dedi Rossiya yetakchisi.
Bugun Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin O‘zbekistondagi birinchi AES qurilishiga start berdi.
«Umumiy quvvati 2.4 megavatt bo‘lgan AES ikkita energobloki nafaqat O‘zbekiston, balki butun mintaqaning energetika barqarorligiga hissa qo‘shish imkonini beradigan, ham O‘zbekistondagi, ham Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlaridagi iste'molchilarga yetkazib berilishi rejalashtirilgan arzon va toza elektr energiyasini ishlab chiqarish imkonini beradi», - deya ta'kidlab o‘tdi Putin.
«AES qurilishida eng ilg‘or texnologiyalar, iqtisodiy jihatdan samarali va ishonchli muhandislik yechimlari qo‘llaniladi, xavfsizlikning eng yuqori standartlari va ekologik talablarga rioya etiladi», - dedi u.
Mavzuga oid
16:35
Mayamidagi muzokaralarga ham Ukraina, ham Rossiya delegatsiyalari keladi
14:30
Rossiya dumasi amaldorlarga daromadi haqida hisobot bermaslikka ruxsat berdi
13:19
Ukraina Oryol, Lipetsk, Voronej va Rostovga dronlar bilan hujum qildi
12:15