Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘smirlar Olimpiya o‘yinlari: O‘zbekiston 206 mamlakat ichida 13-o‘rinni egalladi
Argentinaning Buenos-Ayres shahrida III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari nihoyasiga yetdi. Bugun musobaqaning so‘nggi kun bahslari o‘tkazildi. O‘yinlar yakuniga ko‘ra o‘zbekistonlik yosh sportchilar tomonidan umumiy hisobda 16 ta medal qo‘lga kiritildi. Ularning 5 tasi oltin, 4 tasi kumush va 7 ta bronza medallaridir.
O‘zbekistonlik sovrindor sportchilar ro‘yxati:
Oltin:
Jayhunbek Nazarov (dzyudo, mikst)
Kumushxon Fayzullayeva (og‘ir atletika)
Gulbahor Fayziyeva (baydarka va kanoeda eshkak eshish)
Umidjon Jalolov (erkin kurash)
Abdumalik Xalakov (boks)
Kumush:
Ulug‘bek Rashitov (taekvondo)
Muhammadqodir Toshtemirov (og‘ir atletika)
Islom Abdusalomov (baydarka va kanoeda eshkak eshish)
Shohida Ahmedova (sport kurashlari)
Bronza:
Nilufar Yermagambetova (dzyudo)
Indira O‘lmasova (gimnastika, mikst).
Dolera Davronova (og‘ir atletika)
Muhammadrasul Rahimov (erkin kurash)
Jahongir Rahmonov (boks)
Dildora Aliqulova (karate)
Timur Merjanov (boks).
Ma'lumot uchun, ushbu Olimpiya o‘yinlarida sportchilarimiz yangi yo‘nalishlarda ham medallarga sazovor bo‘la oldilar. Jumladan, bungacha O‘zbekiston o‘smirlar Olimpiadasida og‘ir atletika bo‘yicha hech qachon oltin medal qo‘lga kiritmagandi. Shuningdek, qizlarimiz ham sport kurashlari bo‘yicha medallarga ega chiqishmagan. Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha ham avvalgi Olimpiya o‘yinlarida medallar olinmagandi. Bu safar eshkak eshuvchilarimiz oltin va kumush medallarga ega chiqishdi.
O‘yinlar davomida sportchilarimiz 16 ta medal qo‘lga kiritishdi. Taqqoslash uchun, 2014 yilgi o‘smirlar Olimpiadasida hamyurtlarimiz 10 ta medalga ega chiqqandilar va yakunda medallar sifati bo‘yicha 27-o‘rinni egallashgandi. Bu safargi o‘yinlarda terma jamoa o‘z pozitsiyasini yanada yaxshiladi va jahonning 206 mamlakati ichida 13-o‘rindan joy oldi. Bu orqali O‘zbekiston o‘smirlar Olimpiya o‘yinlaridagi o‘z rekordini yangiladi.
Mavzuga oid
10:39 / 22.10.2018
O‘smirlar Olimpiadasida ishtirok etib qaytgan O‘zbekiston delegatsiyasi tantanali ravishda kutib olindi
16:40 / 19.10.2018
O‘smirlar Olimpiadasi yakunlari. Eng ko‘p medalni O‘zbekiston qaysi sport turlarida qo‘lga kiritdi?
22:09 / 18.10.2018
O‘smirlar olimpiadasi. O‘zbekiston boksda ham bir oltin medalni qo‘lga kiritdi
07:40 / 15.10.2018