Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladimir Putin Toshkentga yetib keldi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Toshkentga yetib keldi.

Oliy martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. Prezidentlar shu yerda qisqa suhbat o‘tkazishdi.
Tashrifning asosiy qismi 19 oktabrga belgilangan. Ma'lum qilinishicha, muzokaralar davomida o‘zaro munosabatlarning joriy holati va istiqbollari muhokama qilinadi hamda mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha fikrlar almashiladi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin “Qishloq xo‘jaligi O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishi sifatida” mavzusidagi O‘zbekiston va Rossiya hududlararo hamkorlik forumining birinchi yalpi yig‘ilishida ishtirok etishadi. Bundan tashqari, ikki davlat rahbari videoanjuman rejimida O‘zbekistondagi ilk atom elektr stansiyasi qurilishi boshlanishi marosimida ishtirok etishadi.

Tashrif yakunida davlat rahbarlarining qo‘shma bayonoti qabul qilinishi, yigirmaga yaqin hujjat imzolanishi rejalashtirilgan. Shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya hududlari hamda ishbilarmon doiralari o‘rtasida yirik investitsiya va savdo shartnomalari imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
09:55 / 24.06.2026
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:15 / 17.06.2026