Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh yangi amaliyot doirasida Tayvan bo‘g‘ozi orqali kemalarni o‘tkazishi mumkin
Foto: AFP
Qo‘shma Shtatlar hukumati AQSh harbiy kemalarining Tayvan bo‘g‘ozi orqali yangi amaliyot doirasida o‘tishi ehtimolini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Reuters nomi oshkor etilmagan AQSh mulozimlariga tayangan holda xabar berdi.
Ularning ma'lumotlarga ko‘ra, kemalar AQSh kemalarining strategik suv yo‘li bo‘ylab erkin o‘tishini ta'minlash bilan shug‘ullanadi. Amaliyotni o‘tkazish muddati manbalar tomonidan oshkor etilmagan.
Pentagon bu mavzuni izohlashdan bosh tortdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq The National Interest AQSh maxsus topshiriqli kuchlari rus qurollarini ishlab chiqarmoqchi ekani haqida xabar bergandi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Amerika Qo‘shma Shtatlarining maxsus amaliyotlar qo‘mondonligi Rossiya qurollari nusxalarini yaratishga qodir bo‘lgan kompaniyalarga grantlar taklif qilgan. Ta'kidlanishicha, potensial ishlab chiqaruvchilar mustaqil ravishda rus qurollarining chizmalarini topishlari kerak.
Mavzuga oid
23:45 / 06.05.2026
Eron yana BAAga raketa otdi: Tehron Trampni mensimayaptimi?
21:16 / 06.05.2026
AQSh va Eron mojaroni to‘xtatish bo‘yicha memorandum imzolashga yaqin - OAV
19:21 / 06.05.2026
“Nojo‘ya ta’sirlari haqida yetarlicha ogohlantirishmagan” - AQShda “ozdiruvchi vositalar” ustidan shikoyatlar ko‘paydi
09:52 / 06.05.2026