Jahon | 08:18 / 20.10.2018
23578
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya podshohi Qoshiqchining o‘limiga oid ma'lumotlar ortidan amaldorlarni ishdan haydadi

Foto: AFP/Getty Images

Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdul Aziz Ol Saud Umumiy razvedka xizmati rahbarining o‘rinbosari lavozimini egallagan general Ahmad Asiriyni ishdan bo‘shatishga qaror qildi. Bu haqda Saudiyaning SPA yangiliklar agentligi xabar bermoqda.

Shuningdek ta'kidlanishicha, podshohning maslahatchisi Saud al-Qahtoniy ham ishdan bo‘shatilgan. Bu kadr o‘zgarishlari haqidagi xabarlar Saudiya Bosh prokuraturasining muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchi halok bo‘lgani haqidagi bayonoti ortidan paydo bo‘ldi. Jurnalist mamlakatning Istanbuldagi konsulxonasida yuzaga kelgan janjal oqibatida vafot etgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni Qoshiqchi hayotdan ko‘z yumganini tan olgandi.

Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligida janjal yuz bergan, bu mushtlashuvga olib kelgan, so‘ng Qoshiqchi hayotdan ko‘z yumgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid