Jahon | 18:20 / 20.10.2018
7523
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Qoshiqchining o‘ldirilishi bo‘yicha barcha tafsilotlarini aniqlashga va'da berdi

Turkiya saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘limi bilan bog‘liq barcha tafsilotlarni aniqlashtiradi. Bu haqda mamlakat Adolat va taraqqiyot hukmron partiyasi matbuot kotibi Umar Chelik shanba kuni ma'lum qildi. 

Foto: Anadolu 

«Turkiya voqeaning barcha tafsilotlarini aniqlaydi, hech kim bunga shubha qilmasin. Biz mustaqil tekshiruv olib boryapmiz va haqiqatni aniqlaymiz - bu biz uchun o‘ta muhim masala. Buning uchun barcha imkoniyatlardan foydalaniladi. Biz nimadir sir bo‘lib qolishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Prezident ham xuddi shunday fikrda», - deya Chelikning so‘zlarini keltiradi Anadolu agentligi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni Qoshiqchi hayotdan ko‘z yumganini tan olgandi.

Saudiya Arabistoni bosh prokurori saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘limi haqida ma'lum qildi. 

Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligida janjal yuz bergan, bu mushtlashuvga olib kelgan, so‘ng Qoshiqchi hayotdan ko‘z yumgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid