Jamiyat | 15:05 / 20.10.2018
9386
2 daqiqa o‘qiladi

Yunusobod tumanida firibgarlar qo‘lga olindi

19 avgust kuni Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashovchi S.X Bosh prokuratura “Ishonch telefoni”ga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Joriy yilning fevral oyida Samarqand viloyatining Narpay tumanida yashovchi O.Q. undan umumiy qiymati 6 918 AQSh dollari bo‘lgan 15 tonna kepak va 18 tonna bug‘doy uni mahsulotlarini qarzga olib, pullarni fevral oyining oxirlarida yuborishga kelishib, mahsulotlarni olib ketadi. Ularni sotib, pullarini tuman hududida joylashgan Toshkent shahriga qatnovchi avtomashinalar turargohidan noma'lum haydovchi boshqaruvidagi davlat raqamlari aniqlanmagan “Lasetti” rusumli avtomashinadan berib yuboradi. U o‘z murojaatida noma'lum haydovchi shu kunga qadar Toshkent shahriga pullarni olib kelmaganligini ma'lum qilib, amaliy yordam so‘raydi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Narpay tumanida yashovchilar O.Yu. va A.A. sodir etganliklari aniqlanib ushlanganlar. 

Tergov davom etmoqda.

Mavzuga oid