20 mln so‘mlik zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketgan shaxs qo‘lga olindi
Buxoro shahrida shu yil 1 sentabr kuni Mustaqillik ko‘chasida yashovchi F.A. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Unda shu yil 23 avgustdan 31 avgustgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxslar uning uyiga ochiq qolgan eshigi orqali kirib, xonasidan ichida 750 ming so‘m puli, 1750 AQSh dollari va umumiy qiymati 20 mln. so‘mlik zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketganliklarini ma'lum qilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Navoiy shahrida yashovchi J.T. va A.K. sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.
Tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
07:50 / 21.09.2024
O‘zbekistonda 263 dona qadimiy tangani Turkiyaga yashirincha olib ketayotgan shaxs ushlandi
16:34 / 13.09.2024
Britaniya IIV rahbari mamlakatdagi “o‘g‘rilik epidemiyasi” haqida nutq so‘zlayotganda uning hamyonini o‘g‘irlab ketishdi
13:54 / 10.09.2024
2025 yil sentabr oyida Buxoro biyennalesi tashkil etiladi
20:34 / 31.08.2024