O‘zbekiston | 21:10 / 22.10.2018
26369
1 daqiqa o‘qiladi

Paxta-2018. Qashqadaryo viloyati prokuroriga hayfsan berildi

22 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida bo‘lib o‘tgan selektor davomida Qashqadaryo viloyati prokurori Botir Yusupov Ermamatovichga hayfsan berildi.

«Kun.uz» manbasi ma'lumot berishicha, u paxta hosilini yig‘ib-terib olish ishlarida sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun ogohlantirilgan.

Botir Yusupov shu yilning yanvaridan buyon Qashqadaryo viloyati prokurori hisoblanadi.

Bundan avvalroq, Qashqadaryo viloyati Nishon tumani prokurori Baxtiyor Rahmatovich Ismatov paxta terimidagi sustkashlik uchun ishdan olingandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid