Jahon | 20:52 / 22.10.2018
2352
1 daqiqa o‘qiladi

Uber 2021 yildan dronlarda oziq-ovqat yetkazib beradi

Uber 2019 yildan o‘z dronlarini ishlab chiqara boshlaydi va 2021 yildan ularni tijorat maqsadlarida ishga tushiradi, deya xabar beradi The Wall Street Journal. 

WSJ muxbirining savollaridan keyin Uber o‘z saytidagi e'lonni o‘chirib tashlagan va undagi ma'lumot hali erta bosqichda bo‘lgan loyihani to‘g‘ri yetkazib bera olmaganini qayd etgan. 

Uber, Apple, Microsoft va boshqa kompaniyalar 2018 yilning mayida AQShga oziq-ovqat tashish uchun dronlardan foydalanishga ruxsat oldi. AQSh transport vazirligi Amazon va Xitoyning dron ishlab chiqaruvchi DJI kompaniyasining murojaatlariga rad javobini berdi. Uber rahbari Dara Xosrovshaxi kompaniyaga "uchar burgerlar" kerakligini ta'kidladi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid