Jahon | 00:25 / 23.10.2018
3184
1 daqiqa o‘qiladi

Fiat Chrysler o‘z bo‘linmasini 7,2 mlrd dollarga sotmoqda

Italiya-AQSh avtomobilsozlik konserni Fiat Chrysler ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchi bo‘linmasi Magneti Marelli’ni Yaponiyaning Calsonic Kansei kompaniyasiga 7,2 mlrd dollarga sotish bo‘yicha kelishuv tuzdi. 

Ma'lum qilinishicha, bitim 2019 yil birinchi yarmida yopiladi va tegishli idoralar tomonidan ma'qullanishi lozim.

Fiat Chrysler bosh direktori Mayk Menlining aytishicha, avtokonsern Magneti Marelli’ni rivojlantirish borasida ko‘plab variantlarni o‘rganib, uning Calsonic Kansei bilan birlashishi variantida to‘xtashga qaror qilgan. Uning ta'kidlashicha, bu kelishuv bo‘linmaning o‘sishi sur'atlariga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.

Magneti Marelli Milan shahri yaqinida 100 yildan avvalroq tashkil etilgan. Fiat uni 1967 yilda sotib olgan. Yaponiyada avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqaruvchi Calsonic Kansei esa Yaponiyada 1938 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda dunyo bo‘ylab 60 taga yaqin zavodga ega.

Mavzuga oid