Italiya-AQŞ avtomobilsozlik konserni Fiat Chrysler ehtiyot qismlar işlab çiqaruvçi bölinmasi Magneti Marelli’ni Yaponiyaning Calsonic Kansei kompaniyasiga 7,2 mlrd dollarga sotiş böyiça kelişuv tuzdi. 

Ma'lum qilinişiça, bitim 2019 yil birinçi yarmida yopiladi va tegişli idoralar tomonidan ma'qullanişi lozim.

Fiat Chrysler boş direktori Mayk Menlining aytişiça, avtokonsern Magneti Marelli’ni rivojlantiriş borasida köplab variantlarni örganib, uning Calsonic Kansei bilan birlaşişi variantida töxtaşga qaror qilgan. Uning ta'kidlaşiça, bu kelişuv bölinmaning ösişi sur'atlariga ijobiy ta'sir körsatadi.

Magneti Marelli Milan şahri yaqinida 100 yildan avvalroq taşkil etilgan. Fiat uni 1967 yilda sotib olgan. Yaponiyada avtomobil ehtiyot qismlari işlab çiqaruvçi Calsonic Kansei esa Yaponiyada 1938 yilda taşkil etilgan bölib, hozirda dunyo böylab 60 taga yaqin zavodga ega.