Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kimlarga xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi?
O‘zbekistonda ba'zi toifadagi shaxslarga avtomobil boshqaruvida xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi, deb yozmoqda Adliya vazirligi telegram-kanali.
Ular:
avtomobilning orqa o‘rindig‘idagi 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
transport vositasini o‘quvchi boshqarayotgan vaqtda avtomototransport vositasini yoki shahar elektr transportini boshqarishni o‘rgatuvchi amaliy mashg‘ulotlar instruktori;
homilador ayollar, salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan bemor yo‘lovchilar;
orqaga harakatni amalga oshirayotgan haydovchilar;
aholi punktlarida harakatlanishda — yo‘nalishli taksi haydovchilari, taksining orqa o‘rindig‘idagi yo‘lovchilar;
aholi punktlarida tashqi qismiga maxsus rangli grafik chizmalar chizilgan transport vositalari haydovchilari va yo‘lovchilari.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq avtotransportdan foydalanishda yaqin qarindoshlar uchun ishonchnoma olish tizimini bekor qilish taklif etilgandi.
Mavzuga oid
08:25 / 14.05.2026
Dunyoda qaysi avtomobil brendlari yetakchilik qilmoqda?
10:44 / 25.04.2026
Xitoy avtosanoatida AI “inqilobi” boshlandi
09:48 / 11.03.2026
Rulda kamar taqmagan Sardor Mamadaliyev jarimaga tortildi
17:57 / 14.01.2026