“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida avtotransport vositasidan foydalanişda yaqin qarindoşlar uçun işonçnoma oliş tizimini bekor qiliş taklif etildi.
“Maşinasi bor odamlar yaxşi biladi. Bizda şunday tartib belgilanganki, oila a'zolari, yaqin qarindoşlar bir-birining maşinasidan maxsus işonçnomasiz foydalana olmaydi. Soddaroq aytsak, bitta uyda, hovlida yaşasak ham men otamning, otam mening nomimga rasmiylaştirilgan avtotransportdan foydalanişi uçun ança vaqt va pul sarflab işonçnoma olişimiz şart. Aka-ukalar, opa-singillar bilan ham xuddi şunday ahvol. Bu ham oilaviy byudjyetga zarar, ham hujjat tayyorlaş uçun köp vaqt sarflaysiz. Begona odamlarga işonçnoma berişni tuşuniş mumkindir, lekin ota-ona bolasi, aka-uka, opa-singil bir-biriga işonçnoma berişi, oçiğini aytsak qadriyatlarimizga ham, mentalitetimizga ham töğri kelmaydi”, - deb yozadi murojaat muallifi.
1990-yillarda maşina öğirlaş bilan boğliq voqealar köp edi. Balki öşa paytda bu tizim özini oqlagandir. Lekin hozirgiday yurtimiz innovatsion jihatdan rivojlanib borayotgan, “Xavfsiz şahar” tizimi işga tuşirilgan, yöllarimizda videokameralar işlab turgan paytda bunaqa işonçnoma beriş tartibiga zarurat bormikan, deyiladi petitsiyada.
Qayd etilişiça, avtotransport vositalaridan foydalanişda yaqin qarindoşlarning bir-biriga işonçnoma beriş tartibini bekor qiliş kerak. Bu ortiqça qoğozbozlikning oldini oladi, oilaviy byudjyetga yordam böladi, ortiqça ovoragarçiliklarning oldi olinadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq bozorlarda narxlarni sun'iy oşirmaslik böyiça taklif berilgandi.

















