Jahon | 20:12 / 23.10.2018
14990
2 daqiqa o‘qiladi

Valiahd shahzoda maslahatchisi Qoshiqchini o‘ldirishga buyruq bergan – OAV

Foto: EPA\UPG

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi maslahatchisi Saud al-Qahtaniy Skype orqali jurnalist Jamol Qoshiqchini o‘ldirishga buyruq bergan. Bu haqda o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi. 

Ta'kidlanishicha, Qoshiqchi 2 oktabrda Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligida 15 kishidan iborat guruh tomonidan ushlab olingan.   

Ma'lumotlarga ko‘ra, Al-Qahtaniy virtual tarzda jurnalistning so‘roq qilinishida ishtirok etgan va uni o‘ldirishni buyurgan. Manbaning ta'kidlashicha, al-Qahtaniy buni Skype orqali amalga oshirgan. 

Qoshiqchi konsullikdagi xonaga olib kirilganda, Al-Qahtaniy aloqaga chiqqan va jurnalistni haqoratlay boshlagan. Qoshiqchi ham bunga haqorat bilan javob bergan. Shunda valiahd shahzodaning maslahatchisi o‘z jamoasiga jurnalist bilan orani ochiq qilib qo‘yishni buyurgan. “Menga bu itning kallasini keltiringlar”, deb buyurgan al-Qahtaniy. 

Manbalarning ma'lumotlariga ko‘ra, maslahatchining Skype orqali gaplashgan yozuvi Turkiya prezidenti ixtiyorida bor.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid