Fan-texnika | 10:12 / 24.10.2018
4558
10 daqiqa o‘qiladi

Huawei sun'iy intellekt asosidagi kompleks yechimlar portfoliosini taqdim etdi

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha uchinchi marotaba o‘tkazilayotgan xalqaro HUAWEI CONNECT forumi doirasida Huawei kompaniyasi o‘zining AI-strategiyasi va har qanday foydalanish ssenariylariga mos bo‘lgan sun'iy intellekt bazasidagi kompleks yechimlar portfoliosini taqdim qildi. Shanxay shahridagi xalqaro ko‘rgazmalar markazida joriy yilning 10-12 oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan ushbu tadbir «Activate Intelligence» nomli mavzuga bag‘ishlandi. Unda ishtirokchilar sun'iy intellekt masalalarini muhokama qilishdi, shu bilan birga, u bilan aloqador muammolar, imkoniyatlar, yangi texnologiyalar va metodikalar yuzasidan fikr almashishdi.

Sun'iy intellektga doir strategiya va yechimlar portfoliosini ishtirokchilarga Huawei kompaniyasining ijrochi direktori Erik Syuy tanishtirdi.  To‘liq ssenariylar kesimida ishlashga mo‘ljallangan jahonda birinchi sun'iy intellekt bazasidagi Ascend protsessorlari hamda shu nomli protsessorlarda faoliyat ko‘rsatadigan mahsulot va  bulut-servislar ushbu portfoliodan o‘rin olgan. Mazkur ishlanmalar Huawei kompaniyasiga intellektual tizimlarni istalgan yerda joriy etishga xizmat qiladi va bu, o‘z navbatida, mukammal va aqlli aloqa dunyosini yaratishga zamin yaratadi. 

Huawei kompaniyaning AI-strategiyasini belgilaydigan o‘nta kelajak o‘zgarishi

Huawei prognoziga ko‘ra, 2025 yilga kelib jahonda 40 milliarddan ortiq shaxsiy aqlli qurilmalar bo‘ladi, ulardan foydalanuvchilarning 90 foizi esa aqlli raqamli yordamchilarni ishlatishadi. Ma'lumotlardan foydalanish koeffitsiyenti 86 foizga yetadi va sun'iy intellekt asosidagi xizmatlaridan har qayerda va istalgan paytda foydalanish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, Huawei kompaniyasining ta'kidlashicha, sun'iy intellekt texnologiyasi dunyodagi barcha soha va korxonalarni o‘zgartirgan holda universal ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda.

Jadal o‘zgarish sun'iy intellekt taraqqiyoti uchun qo‘yilgan ilk qadamdir. Huawei bu soha rivojiga yordam beradigan o‘nta o‘zgarishni belgiladi. Ular:

  1. Tezkor o‘rganish modeli;
  2. Keng tarqalgan va arzon hisoblash quvvatlari;
  3. Sun'iy intellektni joriy qilish va foydalanuvchi maxfiyligi;
  4. Yangi algoritmlar;
  5. Sun'iy intellekt avtomatizatsiyasi;
  6. Amalda qo‘llash;
  7. Real vaqt rejimida yopiq tizim;
  8. Texnologiyalar sinergiya;
  9. Platformalarni qo‘llab-quvvatlash;
  10. Kadrlarning mavjudligi.

— Huawei kompaniyasining sun'iy intellekt strategiyasi tayanch tadqiqotlar va kadrlarni tayyorlash, sun'iy intellekt bazasidagi kompleks yechimlar portfoliosini rivojlantirish hamda ochiq global ekotizimni yaratishga  sarmoya kiritishni nazarda tutadi, - dedi Erik Syuy o‘zining nutqida. —Huawei kompaniyasi dunyoni yaxshilaydigan sun'iy intellekt, texnik qo‘llov va tarmoqdan foydalanish imkoniyatini barcha manzillarga joriy qilish usullarini o‘rganishda davom etmoqda. Aloqa sektorida O&M tarmog‘ining unumdorligini oshirish uchun SoftCOM AI tizimini kiritmoqchimiz. Iste'molchilar bozorida HiAI keng foydalaniladigan qurilmalarga sun'iy intellektni tadbiq etish orqali ularni yanada aqlli etishga hissa qo‘shadi. Bizning ommaviy foydalanishga mo‘ljallangan Huawei EI bulut xizmatlari va shaxsiy FusionMind bulut yechimlari barcha tashkilotlar, ayniqsa, korxona va davlat tuzilmalarini keng qamrovli hisoblash quvvatlari bilan ta'minlashga yordam beradi. Portfolio tarkibida tezlatkich karta, sun'iy intellekt asosidagi server va elektron uskunalar hamda boshqa mahsulotlar ham joy olgan.

Huawei kompaniyasining AI-strategiyasi quyidagi beshta yo‘nalishga mo‘ljallangan:

1. Sun'iy intellekt tadqiqotlariga sarmoya kiritish: Kompyuter qarashi, tabiiy tilda ma'lumotlarni qayta ishlash kabi sohalarda mashinaviy o‘rganish texnologiyasi uchun tayanch amaliyotni ishlab chiqish. Huawei mashinaviy o‘rganishga asosiy e'tibor qaratadi, chunki u:

• ma'lumotlarni qayta ishlash va energiyadan foydalanish bo‘yicha samarador (kam ma'lumot, hisoblash resurslari va energiyani talab qiladi);
• xavfsiz va ishonchli;
• avtomatlashgan/mustaqil.

2. Sun'iy intellektga oid kompleks yechimlar portfoliosini yaratish:

  • Keng tarqalgan va arzon hisoblash quvvatlarini yetkazib berish;
  • full-pipeline xizmatlari uchun samarali va foydalanishga oson sun'iy intellekt platformasi bilan ta'minlash;
  • Har qanday ssenariylarga mos, mustaqil yoki bulut, periferiya va qurilmalar bilan uyg‘unlashgan portfolioni ishlab chiqish.

3. Ochiq ekotizim va kadrlarni tayyorlash: Global akademiyalar, sanoat sohalari va hamkorlar bilan keng miqyosda hamkorlik olib borish.

4. Mavjud portfolioni kuchaytirish: Imkoniyatlarni kengaytirish va raqobatbardoshlikni saqlash uchun mavjud mahsulotlarga sun'iy intellekt konsepsiyasi va instrumentlarini qo‘llash.

5. Huawei doirasida ish samaradorligini oshirish: Ish sifatini oshirish va raqobatbardoshlik salohiyatini kuchaytirish uchun ko‘plab moliyaviy operatsiyalarga sun'iy intellekt texnologiyasini joriy etish.

Syuyning taxminiga ko‘ra, Huawei kompaniyasining kompleks yechimli AI-portfoliosi barcha sohalarga sun'iy intellekt texnologiyasini tatbiq qilish jarayonini tezlashtiradi va aqlli aloqa dunyosini yaratishga hissa qo‘shadi.

Barcha ssenariylar mos kompleks AI-yechimlar portfoliosi: Keng va arzon hisoblash quvvatlari sun'iy intellektning asosiga aylanadi.

Huawei kompleks portfoliosi tarkibiga kirgan sun'iy intellekt bazasidagi Ascend protsessorlari shu turdagi jahondagi birinchi protsessorlar bo‘lib, TeraOPS/vatt optimal ko‘rsatkichida barcha ssenariylar kesimida ishlashga mo‘ljallangan. Ushbu seriyadagi protsessorlar minimal quvvat iste'molida yoki ma'lumotlarni qayta ishlash markazlarida maksimal hisoblash jarayoni yuz berganda ham, yuqori darajada barqaror va samarali ishlay oladi. Ularning bir xil shaklga keltirilgan tuzilishi sun'iy intellekt ilovalarini turli ssenariylarda qulay ishlatish, ko‘chirish va o‘zaro bog‘lashni osonlashtiradi.

Forum davomida e'lon qilingan Ascend 310 va Ascend 910 chiplari stekning quyi darajasidagi yuksak protsessorlar hisoblanadi. Ushbu chiplar barcha sanoat sohalarida sun'iy intellektning joriy qilinishini tezlashtirishga turtki beradi.

Ascend seriyasidan tashqari, kompaniyaning kompleks AI-portfoliosi quyidagilarni ham o‘z ichiga oladi:

  • CANN (Neyron tarmoqlar uchun hisoblash tuzilmalari): Chip operatsiyalari to‘plami va yuqori darajada avtomatlashgan operatorni ishlab chiqish vositalari.
  • MindSpore: Qurilma, periferiya va bulut uchun (alohida va birga) bir o‘lchamga keltirilgan infratuzilma/o‘rganish muhiti.
  • Ilovalarni qo‘llab-quvvatlash: Full-pipeline xizmatlari (ModelArts), iyerarxik API-interfeyslar va oldindan sozlangan yechimlar).

“Kompleks” termini Huawei texnologiyasining funksiyalarini ifodalaydi.  Huawei kompaniyasining kompleks yechimlar portfoliosiga protsessorlar, protsessorlarni qo‘llab-quvvatlash platformasi, mashg‘ulot va mantiqiy xulosa uchun o‘rganish infratuzilmasi hamda tatbiq etish mexanizmlari kiradi.

«Barcha ssenariylarga mos» atamasi Huawei hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan bulutlar, shaxsiy bulutlar, barcha shakllarda periferik hisoblash, IoT asosidagi sanoat internet va iste'mol qurilmalari kabi sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish ssenariylarini bildiradi.

Inklyuziv sun'iy intellekt texnologiyasi bilan ta'minlash amaliyoti kompleks AI-strategiya va barcha ssenariylarga mos kompleks AI-yechimlar portfoliosini ishlab chiqish doirasidagi kompaniyaning asosiy maqsadlaridan biri sanaladi. Huawei sun'iy intellekt texnologiyasini amalda joriy qilish uchun qiziqish bildirgan barcha sub'yektlar bilan hamkorlik qilishga tayyordir.

2017 yilning sentabr Huawei korxona va davlat idoralari uchun mo‘ljallangan sun'iy intellekt servisi — Huawei Cloud EI platformasini ishga tushirdi. 2018 yilning aprel oyida esa kompaniya aqlli qurilmalar uchun HiAI sun'iy intellekt dasturini taqdim qildi. Barcha ssenariylarda ishlaydigan kompaniyaning kompleks AI-yechimlar portfoliosi Huawei Cloud EI va HiAI texnologiyasi bilan integratsiyalanishga mo‘ljallangan.

Sun'iy intellekt yordamida Huawei Cloud EI tashkilot va davlat idoralariga kompleks yechimlarni taqdim etadi, HiAI platformasi esa aqlli qurilmalarni kompleks portfolio bilan ta'minlaydi. HiAI xizmatlari Huawei Cloud EI tizimida ishlaydi.

Batafsil ma'lumot uchun quyidagi havolaga kiring:

Huawei kompaniyasi haqida qisqacha ma'lumot

Huawei axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha jahon miqyosidagi yetakchi kompaniyadir. Bizning maqsadimiz, mas'uliyatli korporativ fuqaro, informatsion jamiyatni innovatsiyalar bilan ta'minlovchi va sanoatga birgalikda ko‘maklashuvchi sifatida dunyoni o‘zaro yanada yaxshiroq bog‘lash, bu orqali turmushni boyitish va samaradorlikni oshirishdir. Iste'molchilarga mo‘ljallangan innovatsiya va ochiq hamkorlik yuritish yordamida Huawei telekommunikatsiya va korxona tarmoqlari, qurilmalari va bulutli yechimlarda iste'molchilarga raqobatda ustunlik taqdim etuvchi to‘liq AKT yechimlar ishlab chiqmoqda. Huawei kompaniyasining butun dunyo bo‘ylab 180 ming nafar xodimi aloqa operatorlari, korxonalar va iste'molchilar uchun kerakli vositalar yaratishga xizmat qilmoqda. Bizning innovatsion AKT yechimlarimiz, mahsulot va xizmatlarimiz dunyo aholisining uchdan bir qismiga xizmat qiladi va 170 dan ortiq davlat va hududlarda ishlatiladi. 1987 yilda asos solingan Huawei kompaniyasi o‘z xodimlari tomonidan to‘liq egalik qilinadigan xususiy kompaniya sanaladi.

Batafsil ma'lumot uchun Huawei kompaniyasining www.huawei.com saytiga tashrif buyuring yoki quyidagi havolalarda bizni kuzatib boring:

http://www.linkedin.com/company/Huawei

http://www.twitter.com/Huawei

http://www.facebook.com/Huawei

http://www.google.com/+Huawei

http://www.youtube.com/Huawei

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid