Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mixail Saakashvilini Qozog‘iston hukumatiga ishga olishni taklif qilishdi
Foto: Tengrinews
Taldiqo‘rg‘anlik taniqli jamoat arbobi Nur Kanato‘g‘li Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili va uning jamoasini Qozog‘iston hukumatiga 5 yilga taklif qilishni tashabbusi bilan chiqdi.
«Yaqinda bizning prezident mamlakat va xalq uchun ishlashni istamagan ko‘plab bekorchi amaldorlarni ishdan haydash hamda ularni xorijiy professionallar bilan almashtirish bilan tahdid qildi.
Menda Yo‘lboshi uchun yaxshi va samarali taklif bor - keling, Mixail Saakashvili va uning butun jamoasini 5 yilga taklif qilamiz», – deya yozgan u Facebook’dagi sahifasida.
Kanato‘g‘liga ko‘ra, Saakashvili Nursulton Nazarboyevning ko‘magida «mamlakatda bir-ikki yil ichida aniq tartib o‘rnatib tashlaydi».
Jamoat arbobi Nur Kanato‘g‘li tadbirkorlar va fuqarolarning huquqlarini himoya qilish, shuningdek, davlat organlari faoliyatini nazorat qilish bilan shug‘ullanadi.
Mavzuga oid
23:19 / 13.11.2025
Saakashvili 2022 yildan beri yashagan klinikadan qamoqqa qaytarildi
08:52 / 13.11.2025
Mixail Saakashvili kasalxonadan yana qamoqqa qaytarildi
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025