Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent va Moskva zooparklari o‘zaro jonivorlar almashtirishga kelishib olishdi
Foto: Toshkent hayvonot bog‘i
20 oktabr kuni O‘zbekiston poytaxtida bo‘lib o‘tgan Moskva kunlari doirasida Moskva va Toshkent zooparklari o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Moskva zooparki matbuot xizmatining bildirishicha, mazkur hujjat zooparklar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash imkonini beradi hamda o‘zaro hamkorlikning yangi istiqbollarini ochadi.
«Toshkent zooparki 1994 yilda Moskva zooparki asosida tashkil etilgan Yevrosiyo zooparklar va akvariumlar mintaqaviy assotsiatsiyasi tarkibiga kiradi. Zooparklar ko‘p yillardan buyon hamkorlik qilib keladi. Ammo memorandum Moskva va Toshkent zooparklariga hamkorlikning yangi bosqichini boshlashga yordam beradi», - deyiladi matbuot xizmati xabarida.
O‘zbekistondagi Moskva kunlari doirasida bo‘lib o‘tgan yana bir yorqin voqea oq ayiqlarga bag‘ishlangan «Ursus maritimus» ko‘rgazmasi bo‘ldi. Unda yer yuzidagi eng yirik yirtqichlarga nimalar xavf solayotgani va ularni saqlab qolish uchun Moskva zooparkida qanday ishlar amalga oshirilayotgani namoyish etildi.
Mavzuga oid
14:51
Toshkentda kiberjinoyatlar jinoyatlarning yarmidan ko‘pini tashkil qildi
14:01
Toshkentda YaHM o‘sishi bo‘yicha Mirobod yetakchi bo‘ldi
21:03 / 22.03.2026
Amir Temur xiyoboni hududi 23 martdan 7 aprelga qadar vaqtincha yopiladi
19:04 / 20.03.2026