Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga köra, 2025 yil davomida poytaxtda jami 30,6 mingta jinoyat qayd etilgan. Şundan salmoqli qismi axborot texnologiyalari orqali sodir etilgan jinoyatlar hissasiga töğri keladi.

Qayd etilişiça, sönggi yillarda kiberjinoyatlar soni keskin oşib bormoqda. Bu esa raqamli xizmatlar, onlayn tölovlar va internet orqali moliyaviy operatsiyalar hajmining kengayişi bilan izohlanmoqda.

Şu bilan birga, umumiy jinoyatçilik körsatkiçida pasayiş kuzatilgan. 2025 yilda jinoyatlar soni ötgan yilga nisbatan 4,7 foizga kamaygani ma’lum qilindi.

Hisobotda şuningdek, jinoyatlar natijasida yetkazilgan zararlarni qoplaş böyiça ham ma’lumotlar keltirilgan. Xususan, 737 milliard sömlik zarar undirilgan.

Bundan taşqari, huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan 8 590 nafar şaxsning buzilgan huquqlari tiklangani qayd etildi.

Kiberjinoyatlar uluşining ortişi raqamlaşuv jarayonlari jadallaşgani bilan boğliq bölib, bu sohada profilaktika va kiberxavfsizlik çoralarini kuçaytirişni talab qiladi.