Jahon | 13:02 / 24.10.2018
32322
2 daqiqa o‘qiladi

Tula politsiyasining o‘zbekistonlik migrantlarga munosabati tanqid ostiga olindi

Ushbu hududdagi politsiyaning katta tekshiruvi vaqtida ikki yuzga yaqin migrant uzun kolonna sifatida turishga majburlandi.

MK ma'lumotlariga ko‘ra, huquqni muhofaza qilish organlari - RF IIV boshqarmasi, «OMON», «SOBR», Rosgvardiya xodimlari - bozorga tutash ko‘chalarni tekshirib chiqishdi.

Foto: "MK v Tule"

Xususan, Pirogov va Kaminskiy ko‘chalarida ular Osiyo respublikalaridan kelgan migrantlarni jiddiy tekshiruvdan o‘tkazishdi. Odamlardan hujjatlar, ro‘yxatga olinganlik to‘g‘risida ma'lumotnomalar va ishlash uchun patentlarni ko‘rsatish talab qilingan.

Ta'kidlanishicha, 200 kishi uzun kolonna sifatida turg‘azib qo‘yilgan, u daqiqa sayin uzayib borgan. Migratsiya qonunchiligining buzilishi bo‘yicha tekshiruvlar davom ettirilgan.

Foto: tula.mk.ru

Butun bozor hududi to‘sib qo‘yilgan.

Shu bilan birga, Tulada migrantlarni ommaviy qo‘lga olish va ushlanganlarni uzun kolonnaga olib ketayotgan kuch tuzilmalarining harakatlari ijtimoiy tarmoqlarda tanqid ostiga olindi.

Tula oblasti Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, reydlar o‘tkazishga o‘z ota-onalari ishdan qaytishini kutib o‘tiruvchi, migrantlarning turli yoshdagi farzandlari saqlanadigan joy haqidagi ma'lumot sabab bo‘lgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, ushlanganlarning aksariyati O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning 16 fuqarosi Irkutsk aeroporti orqali Rossiyadan chiqarib yuborilgandi.

Foto: tula.mk.ru
Foto: tula.mk.ru
Foto: tula.mk.ru
Foto: tula.mk.ru
Foto: tula.mk.ru
Foto: tula.mk.ru

 

Mavzuga oid